OMBUDSMAN (shvedcha ombudsman — biron kishi manfaatlarining vakili) — turli xil maʼmuriy organlar, baʼzi mamlakatlarda esa — shuningdek, xususiy shaxslar va birlashmalarning inson huquqlariga rioya etishini nazorat qilish uchun maxsus saylab (tayinlab) qoʻyiladigan mansabdor shaxs. O. nazoratni amalga oshiradi va prokuraturadan farqli ravishda na-faqat qonuniylik, balki shu bilan birga samaradorlik, maqsadga muvofiqlik, adolatparvarlik nuqtayi nazaridan xam tekshirish olib boradi. Bu xildagi mansabdor shaxslar har xil nom bilan ataladi: Skandinaviya mamlakatlarida — O. ; Ispaniya va Kolumbiyada — xalq himoyachisi; Fransiyada — vositachi, Ruminiyada — xalq advokati va sh. k. O. turli yullar bilan saylanishi yoki tayinlanishi mumkin. Ispaniyada u parlament tomonidan 5 yilga sayla-nadi, Namibiyada prezident tomonidan, Fransiyada — Vazirlar kengashining dekreti bilan tayinlanadi. Aksariyat koʻpchilik mamlakatlarda har bir fuqaro Ombudsmanga bevosita murojaat qilishga haklidir. Ombudsman kamchilik yoki suiisteʼmollarni aniklab, tegishli organ yoki mansabdor shaxsga kursatadi va ularni bartaraf etishni taklif etadi. Agar ular Ombudsmanning taklifidan bosh tortsa, Ombudsman sud organlari yoki parlamentga murojaat qilishi mumkin. Ombudsman fuqarolarning shikoyatlari boʻyicha, shuningdek, oʻz tashabbusi bilan ish olib boradi. Fransiyada fuqarolar vositachiga bevosita emas, balki oʻz senator yoki de-putatlari orqali murojaat qiladilar. Dunyoda 1-marta Ombudsman lavozimi 1709-y. Shvetsiya qirolligi huzurida joriy qilingan. Hoz. vaqtda u jahonning 110 dan ortiq mamlakatida mavjud. Ombudsman in-tini tashkil etilishiga qarab 2 turga boʻlish mumkin: parlament tomonidan tayinlanadigan (saylanadigan) klassik tipdagi Ombudsman va ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan O. Klassik tipdagi Ombudsman har qanday tashkilot, korxona, muassasa va mansabdor shaxslarning faoliyatini tekshirish huquqiga ega. Klassik Ombudsman katarkta Shvetsiya, Norvegiya, Daniya, Portugaliya, Ispaniya va sh. k. koʻpgina mamlakatlar Ombudsman lari kiradi. Oʻzbekiston O. i ham klassik Ombudsman hisoblanadi. Ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan Ombudsman huquklari biroz chegaralangan. Ular alohida sohalar boʻyicha tekshirish xuqukiga ega. Mac, kasalxonalar, jazoni oʻtash muassasalari, bolalar, nogironlar huquqini himoya qilish, harbiy xizmatchilar, jinoyatlardan jabrlanganlar, soliq muassasalari boʻyicha shugʻullanadigan alohida sohalar Ombudsman lari.
Ombudsmanning alohida obroʻ-eʼtibori va zamonaviyligi uning demokratik xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ombudsmanlar davlat organlari tizimidan mustaqilligi, parlamentning belgilangan muddati davomida oʻzgarmasligi, qonunchilik tashabbusi huquqiga egaligi, oʻz huquq va erkinliklarini himoya qilishga muhtoj boʻlgan barcha fuqarolarga ochiqligi, shikoyat va murojaatlarni taxlil etishda rasmiyatchilikka yoʻl qoʻymasligi, aholiga bepul xizmat koʻrsatishi bilan ajralib turadi.
Oʻzbekiston Respublikasida Ombudsman faoliyatining huquqiy asoslari «Oliy Majlisning Inson huquqlari vakili (ombudsman) toʻgʻrisida» OʻzRning qonuni (1997-y. 24 apr.)da belgilab berilgan. Mazkur qonunga koʻra, Oliy Majlisning Inson huquqpari boʻyicha vakili (ombudsman) — mansabdor shaxe boʻlib, unga OʻzR da davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar tomonidan inson huqukdari toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishining samaradorligi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan. Vakil oʻz faoliyatida OʻzR ning Konstitutsiyasi, qonunlari, boshqa qonun hujjatlariga, OʻzRning xalqaro shart-nomalariga, shuningdek, xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan prinsiplari va normalariga asoslanadi. Vakil oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi.
Ad.: Sattorov A., Ombudsman — huquq himoyachisi, T., 2000.
Akmal Saidov.