OMBUR

OMBUR — 1) mix sugʻurish, narsalarni qisib ushlash, egish, qirqish uchun ishlatiladigan ikki jagʻli asbob. Yassi jagʻli, dumaloq jagʻli, oʻtkir jagʻli, gajombur (jagʻlari bir tomonga egilgan), noʻgʻaydoʻz (etikdoʻzlik va kavushdoʻzlikda ishlatiladigan), qalamgir (temirchilikda ishlatiladigan), nov O. (jagʻining oʻrtasi novsimon, taqachilar ishlatadi) va b. xillari bor. Baʼzi stanoklarda Ombur stanokning bir qismi va-zifasini oʻtaydi. Turli-tuman donali yuklarni koʻtarishda yuk omburi ishlatiladi. Materialni (mas, simni) ham egib, ham qirqib, ham qisadigan (mon-tyorlar ishlatadigan) universal Omburlar ham bor. Metallurgiya, metallsozlik, duradgorlik, temirchilik, zargarlik, montyorlik va b. sohalarda, uy-roʻzgʻorda ishlatiladi;

2) elektrotexnikada yuqori voltli liniyalarda tok kuchi va elektr kuchlanishini oʻlchaydigan asbob. Kallagi ferromagnit oʻzakdan iborat. Unda induktivlik gʻaltagi joylashgan.

Prev Article

OMBUDSMAN

Next Article

OMDURMAN