OMDURMAN

OMDURMAN — Sudandagi shahar. Oq Nil daryosi boʻyida (uning Koʻk Nilga qoʻshilish joyida). Aholisi 230 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Xartum va Shim. Xartum sh. lari bilan birlashib yirik aglomeratsiyani tashkil etadi. Savdotransport markazi (chorva, teri, matolar b-n savdo qilinadi). Toʻqimachilik, teri, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Islom un-ti, Milliy teatr, Maxdi Muhammad Ahmad maqbarasi bor.

Prev Article

OMBUR

Next Article

OMMABOP MUSIQA