OMIN (arab., somiycha) — islom, yahudiy va xristian dinlarida dindorlar oʻrtasida «qabul etein», «ijobat boʻlsin» maʼnosida ishlatiladigan soʻz. Qurʼoni karimdagi Fotiha surasi tilovat qilib boʻlingach, oʻqigan va eshit-ganlar «Omin» deb qoʻyish lozimligi xaqida hadisda aytilgan.