OMMAVIY QIRGʻIN QUROLLARI

OMMAVIY QIRGʻIN QUROLLARI — dushmanning jonli kuchlariga, qurol-aslahalariga, inshootlariga yalpi (ommaviy) talafot yetkazish uchun moʻljallangan jangovar vositalar, qirgʻin qurollari. Jangovarlik (talafot yetkazish, qirgin qilish) xususiyatlariga koʻra, boshqa barcha jangovar vositalar, qurollardan samaraliroq hisoblanadi. Ommaviy qirgʻin qurollari jumlasiga bakteriologik (biologik), kimyoviy va yadroviy qurollar kiradi. Bu qurollar ichida eng katta ziyon va talafot keltiruvchisi, yalpi qiradigani, aso-rat qoldiradigani, eng dahshatlisi yadro qurolidir. Ommaviy qirgʻin qurollarini ishlatish sharoiti, hududi, miqyosi deyarli cheklan-magan. Hozircha Ommaviy qirgʻin qurollarining eng katta zaxirasi ikki yirik davlat — AQSH va Rossiya Federatsiyasida jamlangan. Pokiston, Eron, Hindiston, Shim. Koreya, Iroq va b. baʼzi davlatlar Ommaviy qirgʻin qurollarini ishlab chikarish va zaxira hosil qilish xarakatida. Ommaviy qirgʻin qurollaridan mudofaa qilish choratadbirlari, umumiy va shaxsiy himoya vositalari ishlab chiqilgan. Baʼzi yirik mamlakatlar (AQSH, Angliya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi va b.)da aholini Ommaviy qirgʻin qurollaridan himoya qilish uchun yaxshilab jihozlangan bombapanalar mavjud, fuqaro mudofaasi tizimi tashkil qilingan va vaqt-vaqti bilan mashgʻulotlar oʻtkazib turiladi (q. Bakteriologii qurol, Kimyoviy qurollar, Yadro quroli).

Prev Article

OMIN