OMOCH — ulov (ot, hoʻkiz) qoʻshib yer haydaladigan yogʻoch asbob. Qad. (hali traktor va plug boʻlmagan davrlar)da asosiy yer haydash quroli hisoblangan. Omoch, asosan, 3 qism: tana, quloq va oʻqdan iborat boʻlgan. Omoch qismlari qat-tiq yogʻochdan tayyorlanadi. Tananing old tomoni uchli boʻlib, unga tish (metall tigʻ) kiydirilgan (shu tigʻ bilan yerni agʻdarib ketgan). Quloq — tananing orqa tomoniga biriktiriladigan yogʻoch dasta. Qoʻshchi shu qulokdan ushlab Omochni yoʻnaltirib borgan. Oʻq — tananing old tomoniga, quloqning pastrogʻiga qoqiladigan chorqirra, yassiroq yogʻoch. Oʻq ot yoki hoʻkiz boʻyintirigʻiga mahkamlangan. U tana va quloqni ol-dinga tortib borgan. Omoch baʼzi mamla-katlar (mas, Hindiston, Afgʻoniston va b). da hozir ham ishlatiladi. Oʻzbekistonda yerlar plugaa haydaladi.