OMOLON — RF Magadan viloyati va Saxa (Yakutiya)dagi daryo. Kolimaning oʻng irmogʻi. Uz. 1114 km, havzasining mayd. 113 ming km2. Kolima togʻligidan boshlanib, Yukagir yassitogʻligining sharqiy chekkasidan, quyi qismida Kolima pasttekisligidan oqib oʻtadi. Kor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Okt. da muzlab, mayda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari: oʻngda — Molongda, Oloy, Oloychan; chapda — Kedon. Quyi oqimida yogʻoch oqiziladi. Shcherbakovo pristanidan quyilish joyigacha (600 km) kema qatnaydi.