OMON MUXTOR

OMON MUXTOR (taxallusi; asl ism-sharifi Muxtorov Omon Sulaymonovich) (1941.16.7, Buxoro) — yozuvchi, shoir, dramaturg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1991). ToshDU jurnalistika f-tini tugatgan (1964). Oʻzbekiston radiosida (1965 — 75), «Oʻzbekfilm»da (1975—77), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida (1977—80), Oʻzbekiston davlat kino qoʻmitasida (1980—84) turli lavozimlarda ishlagan. «Sharq yulduzi» jur. da boʻlim mudiri (1984—89), bosh muharrir oʻrinbosari (1989—95), bosh muharrir (1995-y. dan).

Ilk sheʼrlar toʻplami — «Chorlar quyoshli yoʻllar» (1966). «Ohang» (1974), «Yogʻdu» (1979), «Marvarid» (1985), «Shiddat» (1990) sheʼriy toʻplamlar, «Nigoh» (1968), «Qushlar va tushlar» (1971), «Shaharlik kelinchak» (1973), «Hayot darvozasi» (1978), «Uchqur poyezdlar» (1981), «Bolalikka sayohat» (1984), «Vazifa» (1988), «Oʻlmagan jim» (1995) va b. kitoblaridan joy ol-I. IH hikoya va qissalarida zamondoshlarimiz hayoti, ularning quvonch va iz-tiroblari falsafiylikka moyil bir tarzda aks ettirilgan.

Omon Muxtorning «Yillar shamoli» (1976), «Egilgan bosh» (1989), «Ayollar mamla-kati va saltanati», «Ffu» (1997), «Af-lotun» (1998), «Toʻrt tomon qibla» tri-logiyasi («Ming bir qiyofa», «Koʻzgu ol-didagi odam», «Tepalikdagi xaroba», 2001), «Maydon» (1999), «Ishq axli» (2001) kabi zamonaviy va tarixiy mavzulardagi romanlari oʻzbek nasrining shaklan va mazmunan boyishida muhim oʻrin tutadi. Ulardagi yangicha tasvir usullari, tafakkur tarzi va roman-hangoma, romanrivoyat janrlaridagi shakliy izlanishlar eʼtiborga loyiq. «Ayollar mamlakati va saltanati» romani asosida badiiy film ishlangan (2001). Pyesalari Xorazm teatrida sahnalash-tirilgan («Bosh masala» va b.). «Doʻstlik» ordeni b-n mukofotlangan (1997).

Prev Article

OMOLON

Next Article

OMON POLVON