OMONOVA Hamroxon (1918.20.2, Navbahor tumani — 1996.26.9, Kattaqoʻrgʻon sh.) — Oʻzbekiston xalq artista (1981), 1945—96 y. lar A. Majidiy nomidagi Kattaqoʻrgʻon teatrida aktrisa. Asosiy rollari: Oysara, Xolcha (K. Yashin, «Gulsara», «Nurxon»), Maysara, Hoji ona (Hamza, «Maysaraning ishi», «Boy ila xizmatchi»), Fotima (S. Jamol, «Foti-ma Sabriy»), Adolat (Uygʻun, «Parvona»), Xosiyat xola (I. Sulton, «Imon»), Boʻston xola (A. Qaxlor, «Ayajonlarim»), Farmonbibi (S. Ahmad «Kelinlar qoʻzgʻoloni»), Qumri (Oʻ. Umarbekov, «Qargʻalar uchsa qaraylik»), Sunbul (H. Gʻulom, «Ajab savdolar») va b.