ONEGA, Onego — RF Yevropa qismining shim.-gʻarbidagi koʻl. RFning Kareliya Respublikasi, Leningrad va Vologda viloyatlarida. Mayd. 9,7 ming km2 (orollarsiz). Oʻrtacha chuq. 30 m, eng chuqur joyi 127 m, suv hajmi 292 km3. Koʻl oʻrni tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan va keyinchalik toʻrtlamchi davr materik muzliklari taʼsirida ancha oʻzgargan. Shim. va shim.gʻarbiy qirgʻoklari baland, oʻydim-chuqur, qoyali, jan. qirgʻoqlari esa, past va yassi. O. da 1360 dan ortiq orol bor (mayd. 250 km2). Koʻlga 58 daryo quyilib undan Svir daryosi oqib chiqadi. Suvi noyab. da muzlab, mayda eriydi. 47 baliq turi bor. Baliqchilik rivojlangan. O. Oqdengiz— Boltiqkanali orqali Boltik va Oq dengizlari, Volga—Boltiq suv yoʻli orqali Volga havzasi bilan bogʻlangan. Kema qatnaydi. Onega dagi Kiji o. da yogʻochdan ishlangan meʼmorlik muzey-qoʻriqxonasi bor. Onega boʻyida Petrozavodsk, Kondopoga sh. lari joylashgan.