ONON — Mongoliya va RFning Chita viloyatidagi daryo. O. Ingoda daryosi bilan qoʻshilgach, Shilka daryosi hrsil boʻladi. Uz. 1032 km, havzasining mayd. 96,2 ming km2. Xetney togʻligidan boshlanadi. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi etagida 191 m3/sek. Noyab. da muzlab, apr. da muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari: oʻngda — Xurax-Gol, Borzya, Unda, chapda — Agutsa, Kira, Aga. Suvi sugʻorishga sarf boʻladi va sanoatni taʼminlaydi.