ONTARIO

ONTARIO — AKSH va Kanadadagi koʻl, Buyuk koʻllar tarkibida. Mayd. 19,5 ming km2. Uz. 310 km, kengligi 90 km, eng chuqur joyi 236 m. O. ga Niagara daryosi quyiladi va Shim. Lavrentiy daryosi oqib chiqadi. Ontario AKSH va Kanadaning ichki r-nlarini Atlantika okeani b-n bogʻlovchi muhim suv yoʻli. Uellend kanali orqali Eri koʻli bilan tutashgan. Dek. dan aprelgacha muzlaydi. Ontario boʻyida Toronto, Gamilton, Rochester sh. lari joylashgan.

Prev Article

ONON

Next Article

ONTOGENEZ