OPASIAKLAR

OPASIAKLAR — qad. Xorazm vohasidagi Jangadaryo boʻylarida yashagan sak qabilalari (mil. av. 7—2-a. lar). Mil. av. 7—5-a. larda Opasiaklar yarim oʻtroq hayot kechirib, dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik hamda baliq ovlash b-n shugʻullangan. Opasiaklarning qarorgohlari xarobasidan koʻplab jez, temir buyumlar, so-pol idishlar va tosh (kvarsit) qurollar topilgan. Mil. av. 4—2-a. larda Opasiaklar mada-niyati oʻzining yuksak choʻqqisiga chiqqan. Bu davrga oid mudofaa inshootlari bilan mustahkamlangan antik shahar tipidagi yirik yodgorliklar (Chirik-rabot, Bobishmulla va b.)da olib borilgan tekshirishlar natijasida Opasiaklar madaniyati rivojlanganligi va uning Xorazm antik madaniyatiga yaqinligi aniqlandi (yana q. Saklar).

Next Article

OPERA