OPERATOR

OPERATOR (lot. operatio — harakat) — 1) matematikada — ikki toʻplam X va Y elementlarining oʻzaro mos kelishi, yaʼni X ning x elementiga Y ning biror u elementi mos kelishini ifodalaydigan matematik tushuncha. Kvant nazariyasida Operator — matematik ifoda. vj/ holat (yoki toʻlqin funksiya vektorining u, holat (funksiya) vektoriga solishtirish uchun xizmat qiladi. Kvant mexanikada Operator bilan muhim amallar bajariladi. Operatorni qoʻshish, koʻpaytirish, darajaga koʻtarish, ulardan qatorlar tuzish mumkin;

2) hisoblash texnikasida — raqamli hisoblash mashinasi (RHM) da axborotlarni qayta ishlashda biron bir tugal amalni berish uchun programmalash (dastur tuzish) koʻrsatmasi;

3) texnikada — murakkab qurilmani (mas, EHM ni, kompyuterni), radiolokatsion st-yani, burgʻilash qudugʻining ishini boshqarib turadigan mutaxassis;

4) kinotexnikada — kinofilmlarni suratga oluvchi, televizion eshittirishlarni uzatuvchi, apparatda ishlovchi mutaxassis — kinooperator, teleoperator (q. Operatorlik sanʼati).

Prev Article

OPERA

Next Article

OPERATORLAR NAZARIYASI