OPOKA

OPOKA (geologiyada) — mustahkam, kremniyli gʻovak choʻkindi togʻ jinsi. Tarkibi, asosan, amorf krem-nezyomdan (98% gacha — opal) iborat va gil, qum, glaukonit, kvars, dala shpatlari va b. qoʻshilgan boʻladi. Opoka dastlab kremniyli mergel yoki kremniyli gil deb ham atalgan. Och va toʻq kulrang, baʼzan qoramtir. Zichligi 1000 kg/m3 chamasida. Toza turlari yuqori adsorbsion xossaga ega. Dengiz sharoitida kimyoviy yoʻl bilan hosil boʻladi. Asosan, paleogen, qisman yuqori boʻr yotqizikdarida uchraydi. Rossiyaning Yevropa, Sharqiy Ural yon bagʻirlarida mavjud. Qurilishda va adsorbent sifatida ishlatiladi.

Prev Article

OPIY

Next Article

OPPENGEYMER