OPPENGEYMER

OPPENGEYMER (Oppenheimer) Robert (1904.22.4, Nyu-York — 1967.18.2, Prinston) — amerikalik fizik. Garvard un-tini tugatgan (1925), Kembrij va Gyottingen un-tlarida ham oʻqigan (1925—27). Leyden va Syurixda ishlagan (1928—29), Kaliforniyadagi un-t va texnologiya in-ti prof. (1929), Prinstondagi Fundamental tadqiqotlar in-ti direktori (1947-y. dan). Ilmiy ishlari kvant mexanika, kosmik nurlar fizikasi, nisbiylik nazariyasi, elementar zarralar fizikasi, neytron yulduzlar nazariyasiga oid. 2-jahon urushi yillari (1939—45)da Los-Alamosdagi yadro lab. siga rahbarlik qilgan, atom bombasining yaratilishida faol ishtirok etgan. Vodorod bombasini joriy etishga qarshilik koʻrsatgani va atom energiyasidan fakat tinch maqsadlarda foydalanish tarafdori boʻlganligi uchun 1954-y. da maxfiy ishlar bilan bogʻliq boʻlgan barcha vazifalaridan chetlatilgan.

Prev Article

OPOKA

Next Article

OPPONENT