OPPONENT

OPPONENT (lot. opponens — eʼtiroz bildiruvchi) — 1) bahsda qarshi taraf;

2) ilmiy maʼruza yoki himoya qilinadigan dissertatsiyani tanqidiy taxlil qila oladigan, baxrlay biladigan, maʼruzachi yoki dissertantga eʼtiroz bildira oladigan shaxs. Oʻzbekistonda fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun qilinayotgan dissertatsiya himoyasida kamida 2 rasmiy Opponent (biri dissertantning ixtisosligi boʻyicha fan dri yoki prof., ikkinchi-si fan nomzodi yoki fanning shu sohasi boʻyicha yetakchi mutaxassis), fan doktori ilmiy darajasini olish uchun qilinayotgan dissertatsiya himoyasida kamida 3 rasmiy Opponent (ular fan dri yoki prof., mumkin qadar dissertant faoliyat yuritayotgan tashkilotdan boshqa tashkilotlardan) belgilanadi. Dissertatsiya himoyasida norasmiy Opponent larning soni cheklanmaydi. Rasmiy Opponentlar dissertatsiyani chuqur va har tomonlama tahlil etishlari, shu asosda dissertatsiyaning belgilangan talabga qay darajada javob berishligini, uning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatini baholagan holda taqriz tayyorlashlari lozim. Oʻz qarashlari bilan Opponent dissertatsiya himoyasida va uning ilmiy kengashdagi muhokamasida qatnashadi.

Prev Article

OPPENGEYMER

Next Article

OPTIK GIROSKOP