OPTIK GIROSKOP

OPTIK GIROSKOP — jismning aylanayotganligini bilishga va uning burchak tezligini aniqlashga imkon beradigan asbob. Ishi lazer nurlarining giroskopiklik xossalariga asoslanadi (q. Giroskop). O. g. ning datchigi (q. Datchik) vazifasini xalqasimon lazer oʻtaydi. U umumiy yoruglik kanali boʻyicha tor monoxromatik yorugʻlik dastalari tarzida tarqalib, bir-biriga roʻpara harakatlanayotgan ikki yorugʻlik toʻlqinlarini generatsiyalaydi (hosil qiladi). Halqasimon lazerning rezonatori bitta umumiy qattiq asosga biriktirilgan 3 ta (yoki koʻproq) koʻzgudan iborat. Bu koʻzgular berk sistemani hosil qiladi. Yorugʻlik dastalarining shu koʻzgulardan oʻtishi farqi boʻyicha giroskopiklik xossalari namoyon boʻladi.

Prev Article

OPPONENT

Next Article

OPTIK KUCH