OPTIK SPEKTRLAR

OPTIK SPEKTRLAR — ultrabinaf-sha (toʻlqin uzunligi 1 < 3800A), koʻzga koʻrinadigan (7600A > 1 > 3800A) va in-fraqizil (1 > 7600A) nurlar, yaʼni 100 dan 0,01 mikrongacha uzunlikdagi toʻlqinlar sohasini oʻz ichiga oladigan spektrlar. Koʻpincha, spektr nurlanuvchi manba tabiatiga qarab ajratiladi. Shunga asosan, atom va molekula tash-qi elektron qobiqlari jarayonlarida, molekulalarning aylanma va tebranma harakatida hamda qattiq yoki suyuq moddani qizdirish va lyuminessensiya vaqtida chiqadigan spektrlar Optik spektrlar dir. Optik spektrlar tutash (uzluksiz), chizikli va yoʻl-yoʻl xillarga boʻlinadi. Qizdirilgan qattik. yoki suyuq moddalar tutash Optik spektrlar chiqaradi; bunda uzluksiz turli (qizil, toʻq sariq, yashil, koʻk, havo rang, bi-nafsha) spektrlar paydo boʻladi. Yuqori t-rada yaraklaydigan gaz va modda bugʻlari chiziqli va yoʻl-yoʻl Optik spektrlar chiqaradi. Chizikli spektrlar ayrim chiziklardan iborat boʻlib, atomlarga xos (q. Atom spektrlari). Yoʻlyoʻl spektrlar molekulalar nurlanishi boʻlib, har bir yoʻl alohida chiziqli spektrlardan iborat.

Optik spektrlar nurlanish va yutilish spektrlarida ajraladi. Nurlanish spektri qattiq, suyuq, gazsimon moddaning yuqori t-ra yoki elektr razryadi taʼsirida hosil boʻladi. Maʼlum bir manbadan chiqayotgan tutash spektr biron muhitdan oʻtayotganda yutilish spektr i sodir boʻladi. Kirxgof nurlanish qonuniga asosan har qanday jism spektrli nur chiqarsa, shunday spek-trli nurni yutadi. Optik spektrlarni oʻrganish fizika, astronomiya va texnikaning koʻp sohalarida, ayniqsa, atom va molekula spektrlari qonuniyatlarini aniqlashda, ularning tuzilish nazariyasini ishlab chiqishda katta oʻrin tutadi.

Prev Article

OPTIK PECh

Next Article

OPTIK TASVIR