OPTRON

OPTRONyorugʻlik signallarini kuchaytirib yoki oʻzgartirib beradigan asbob. Yoruglik nurlatgichi va foto qabul qilgichdan iborat. Optron elementlari oʻzaro optik, elektr yoki aralash usulda ulanadi. Yorugʻlik nurlatgichida kiruvchi elektr signallar yorugʻlik signallariga aylanadi va optik kanal orqali foto qabul qilgichga uzatilib, unda elektr signallariga aylanadi. Nurlatgich sifatida, odatda, yarim oʻtkazgichli yorugʻlik nurlatuvchi diodlardan; optik kanalining oraliq muhiti sifatida optik yelimlar, shishalar, tolali yorugʻlik oʻtkazgichlar, havodan; foto qabul qilgich sifatida fotodiod, fotorezistor, fototranzistor va b. dan foydalaniladi. Optron radioelektronika va hisoblash texnikasida ishlatiladi.

Prev Article

OPTIMIZM

Next Article

OPSION