OQ IDIL

OQ IDILBoshqirdiston Respublikasidagi dare. Kamaning chap irmogʻi. Uz. 1430 km, havzasining mayd. 142 ming km2. Iremel sh. sharqidan (Jan. Ural) boshlanadi. Yuqori oqimida Jan. Ural togʻlari orasidan, Ufa da-ryosi quyiladigan joydan quyirokda tekislikda oqadi. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi Birsk yaqinida 858 m3/sek. Noyab. da muzlab, apr. da muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari: oʻngda — Nugush, Sim, Bir, Tanip, Ufa; chapda — Ashkadar, Urshak, Karmasan, Chermasan, Baza, Syun, Dyoma. Ufa sh. dan boshlab kema qatnaydi. Oq Idil boʻyida Beloresk, Salavat, Shimbay, Sterlitamak, Ufa, Birsk sh. lari joylashgan.

Prev Article

OQ DENGIZ

Next Article

OQ ILON