OQ KAPALAKLAR

OQ KAPALAKLAR (Pieridae) – kunduzgi kapalaklar oilasi. Yozilgan qanotlarining uz. 8 sm gacha, koʻpincha oq, sariq yoki alvon rangli qora doglari bor. Qurtlari yashil yoki olachi-por rangli, tanasi qalin va kalta tuklar b-n qoplangan. Gʻumbagi ipak bel-bog yordamida substratga yopishgan boʻladi. 500 ga yaqin, jumladan, Oʻzbekistonda 10 ga yaqin turi maʼlum. Qurtlari, asosan, karamdoshlar va burchoqdoshlarda rivojlanadi. Bir qancha turlari (karam, turp, doʻlana kapalaklari) oʻsimliklarga jiddiy ziyon kel-tiradi. Ayrim vakillari noyob tur si-fatida muxrfaza qilinadi.

Prev Article

OQ ILON

Next Article

OQ MASJID