OQ MITTI YULDUZLAR

OQ MITTI YULDUZLAR — aynigan gazlardan iborat kichik oʻlchamli juda zich qaynoq yulduzlar. Massalari Quyosh massasiga yaqin, lekin oʻlchamlari Quyoshga nisbatan taxm. 100-marta kichik boʻladi. Shu tufayli Oq mitti yulduzlarning zichliklari juda katta —10* —109 kg/m3. Radiusi bir necha ming km, sirtidagi t-ra 10 ming K. T-rasi va spektri oq rangli yulduzlarga mos ekani qamda oʻlchamlari kichikligi sababli shu nom bilan ataladi. Galaktikamizdagi yulduzlarning 10% ga yaqini Oq mitti yulduzlar tashkil qiladi. Ushbu fizik holat yulduzlar evolyutsiyasining eng oxirgi bosqichlaridan birigatoʻgʻri keladi. Oq mitti yulduzlar massasi yukrridan 1,4 quyosh massasi bilan chegaralanganligini birinchi boʻlib hind astronomi S. Chandrasekar koʻrsatgan. Hisob-kitoblarga koʻra, Oq mitti yulduzlar normal yulduzlarning portlab, tashqi qobiqlarining fazoga tarqab ketishi natijasida vujudga kelgan.

Prev Article

OQ MASJID

Next Article

OQ MUSHAK KASALLIGI