OQ SHAFTOLI

OQ SHAFTOLImahalliy nav. Bogʻ-dorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. in-tining Samarkand filialida mahalliy oq shaftolilarning katta gu-ruhi ichidan tanlash usulida chikarilgan (A. S. Cherevatenko, 1936). Daraxti kuchli oʻsadi. Oʻrtacha shoxlanadi. Guli ikki jinsli, pushti, oq rangda, oʻzidan changlanadi, mevasi oʻrtacha 100 — 110 g, rangi oqishkoʻkimtir-yaltiroq. Pusti mayin tukli, etidan oson aj-raladi. Eti oq, yumshoq, shirali, tar-kibida 11 — 13% qand, 0,52% kislota bor. Koʻchati oʻtqazilgach, 3-yildan muntazam hosil beradi. 7—9 yoshida eng koʻp (70—90 kg) hosil beradi. Hosildorlik davri 12—15 y. Sovuqqa bardoshli. Avg. ning 2—3-oʻn kunligida pishib yetiladi, bandi boʻsh. Yangiligida yeyiladi, qoqi solinadi, konserva qilinadi.

Prev Article

OQ CHUMOLILAR

Next Article

OQ OʻRDA