OQ TANGA

OQ TANGA — ibtidoiy odamlar yashagan ungur. Turkiston tizma togʻining Zarafshon daryosi vohasida joylashgan. 1954—63 y. larda Tojikiston FA Tarix in-tining arxeologiya otryadi (B. A. Litvinskiy, V. A. Ranov) tekshirgan. 80 m2 maydon ochilib, turli davrga oid I1 ta madaniy qatlam topilgan. Bulardan eng qad. si mezolit, neolit, eneolit, jez davri, antik va oʻrta asrlarga oiddir. Oq tangadan koʻplab mehnat va ov qurollari topilgan, ular Oʻrta Osiyo xalklarining qad. tarixi va madaniyatini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.

Prev Article

OQ MUSHAK KASALLIGI

Next Article

OQ TERAKMI, KOʻK