OQ TUNLAR

OQ TUNLAR — yozning boshida ikkala yarim sharning 60° dan naridagi kengliklarida kuzatiladigan yorugʻ ke-chalar. Oqshom gʻira-shiraligi tong 6-n qoʻshilib ketadigan davrda sodir boʻladi. Oqshom (qosh qorayishi) botayotgan Quyosh gardishi markaziy nuqtasi ufqdan 7° ogʻguncha (hO = — 7° boʻlguncha), ertalabki gʻirashiralik (tongyorishishi) esa chiqayotgan Quyosh gardishi markaziy nuqtasi ufqqa 7° yetmasdan boshlanadi. Astronomik gʻira-shiralik hO=—18° gacha davom etadi. Oq tunlar Shimoliy yarim sharning 59,5° sh. k. va Jan. yarim sharning 59,5° j. k. oraligidagi joylarda sodir boʻladi. Oq tunlar davomiyligi joyning geografik kengligiga bogʻliq, mas, Sankt-Peterburgda (Rossiya) 11-iyundan 2-iyulgacha davom etadi va h. k.

Prev Article

OQ TERAKMI, KOʻK

Next Article

OQ UYLIK