OQBOSH

OQBOSH (Karelinia caspia (Pall.) Less. ] — murakkabguldoshlarga mansub ildiz-bachkili koʻp yillik begona oʻt. Poyasi yoʻgʻon, sershox, tik usadi, boʻyi 50 — 100 sm. Barglari butun, uzunchoq, band-siz, bir oz etli, poyani chala oʻrab tu-radi. Savatchasi silindrsimon, uz. 10—15 mm, eni 4—8 mm. Gullari naysimon, pushti-gunafsharang, toʻpgulli savatcha. Iyun—sent. oylarida gullab urugʻlaydi. Nihollari apr. —mayda unib chiqadi. Ildiz bachkisi va urugʻidan koʻpayadi. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Dalalarda, gʻallazor va bedapoyalarda uchraydi.

Kurash choralari: yerni haydash, ekinni vaqtida kultivatsiya qilish va b.

Prev Article

OQBESHIM

Next Article

OQBOʻYRA