OQBOʻYRA — Fargʻona vodiysining jan.-sharqidagi daryo. Kichik Olay tizmasining suvayirgʻich qismidan boshlanadi. Uz. 70 km. Havzasining mayd. 2676 km2. Oʻsh sh. dan shim. da tarmoklarga ajraladi. Tekislikka chiqquncha 60 km masofada chuqur darada oqadi. Qor va muz suvidan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 21,1 m3/sek., oqim moduli 7,9 l/sek, km2. Iyun — iyul oylarida yillik suvining 16,6—17,7% oqib oʻtadi. Oqboʻyradan Oʻsh viloyati tumanlari va Andijon viloyatining Xoʻjao-bod tumani yerlari sugʻoriladi.