OQCHAVOQ

OQCHAVOQ, yeles (Leucicus leuciscus) — karpsimonlar oilasiga mansub baliq turi. Oʻrta Osiyoda Balxash koʻliga quyiladigan Ayagʻuz daryosida koʻpaytirilgan, Chu va Sarisuv daryolarida av-valdan yashaydi. Uz. 25—30 sm gacha, ogʻirligi 400 g gacha. Tez suzadi. Tanasining orqa tomoni kulrang tusda tovlanib turadi. Yon tomonlari och havorang, korni kumushrang. 3 yoshlik davrida urchiydi. Uvildirigʻini toshloq va suvi tiniq yerlarga tashlaydi. Turli qasharotlarning qurtlari, suvoʻtlar, quruqlikdan shamol uchirib keladigan hasharotlar bilan oziklanadi. Ovlanadi.

Prev Article

OQ UYLIK

Next Article

OQ SHAFTOLI