OQJAR

OQJAR — mustye davriga oid manzilgoh. Tojikistondagi Qoʻrgʻontepa sh. dan 22 km jan.-gʻarbda joylashgan. Oqjardan qirgʻich, sixcha, nukleuslar va b. tosh qurollar topilgan; ularni ishlash texnikasi va shaklini Oqjardan 10 km uzoqlikdagi Krrabura makonidagi qurollarga oʻxshashligi har ikkala qarorgoxda yashagan ibtidoiy odamlarning bir toʻdaga oid ekanligini kursatadi.

Prev Article

OQDARYO SUV OMBORI

Next Article

OQJAR NEFT VA GAZ KONI