OQOTA

OQOTA — Toshkentning shim.-sharkiy chekkasida joylashgan shahar xarobasi (mil. 5 — 6—11-a. lar; qisman 15a.). 20-a. ning20-y. larida qayd etilgan boʻlsada, birinchi arxeologik tadqiqot ishlari 1940-y. oʻtkazilgan (M. E. Vorones). Oqotaning umumiy mayd. 600 x 300 m, arkining bal. 5—6 m. 1960-y. O. dan temuriylar davriga oid xazina topilib, 1040 ta mis tanga Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyiga topshirilgan. Oqotaning negizini ilk oʻrta asrlarda qurilgan ark tashkil qiladi. U 10 — 11-a. larga kelib qabristonga aylangan. Oqota dagi hayot 15-a. da bir oz jonlangan.

Prev Article

OQOLTIN TUMANI

Next Article

OQPALAK