OQQOPCHIGʻAY

OQQOPCHIGʻAYSurxondaryo viloya-tidagi soy. Surxondaryoning oʻng irmogʻi. Hisor tizmasining jan.sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Uz. 61 km, xavza-sining mayd. 65,4 km2. Yuqori oqimida tor darasimon vodiyda oqadi. Oqqopchigʻay darasigacha oʻzanining kengligi 6—8 m, quyi oqimida 80—150 m gacha kengayadi. Qor, yomgʻir suvlaridan toʻyi-nadi. Oqqopchigʻayga bahorda vaqtincha oqar soylar quyiladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 4,9 m3/sek.

Prev Article

OQQOVOQ GESLARI

Next Article

OQQUYRUQ