OQQOʻRGʻON

OQQOʻRGʻONToshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanidagi shahar (1980-y. dan). Tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Kuchlik (16 km). Oqqoʻrgʻondan Toshkent sh. gacha 59 km. Aholisi 10,8 ming kishi (2000), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, tojik, koreys, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Oqqoʻrgʻonda tuman hokimiyati binosi, paxta tozalash z-di, MTP, non k-ti, avto-korxona, qurilish tashkilotlari bor.

Umumiy taʼlim maktablari, kasbhunar kolleji, maxsus internat maktabi, markaziy kutubxona, klublar, oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi. Suzish havzasi, stadion, tennis korti, kasalxona, dorixonalar mavjud.

Prev Article

OQQOʻRGʻON

Next Article

OQQOʻRGʻONCHASOY