OQQUSHLAR

OQQUSHLAR (Cygnus),oqquvlar — gʻozlar oilasiga mansub yirik qushlar. Boʻyni tana uzunligiga teng. Patlari koʻpincha oq rangda. Oʻzbekistonda 3 turi uchraydi. Vishildoq Oqqushlar — tumshugʻidagi qora gʻurrasi bilan boshqa turlardan ajralib turadi. Gavdasining uz. 180 sm, vazni 13 kg. Gʻarbiy Yevropadan Tinch okeanigacha boʻlgan hududlarda uya quradi. Baqiroq Oqqushlar gavdasining uz. 160 sm gacha, vazni 12 kg gacha. Atlantika oke-anidan Tinch okeangacha boʻlgan hududlarda tarqalgan. Kichik Oqqushlar — gavdasining uz. 120 sm gacha, vazni 7 kg gacha; asosan, tundrada yashaydi; chuchuk suvli koʻl, baʼ-zan dengiz qirgʻoklaridagi qamishzorlarga uya quradi. Kichik Oqqushlarning urgʻochisi 5—12 ta tuxum qoʻyib, 35—40 kun bosadi. Nari xam uya qurishda va bolalarini boqishda qatnashadi. Oqqushlar juda yaxshi suzadi va uchadi; oʻsimliklar, mayda suv jonivorlari bilan oziklanadi. Ular chiroyli boʻlganligi uchun hayvonot bogʻlarida boqiladi. Tutqinlikda koʻpayadi. Vishildoq va baqiroq Oqqushlarlar Oʻzbekiston Kizil kitobiga kiritilgan.

Prev Article

OQQUSH

Next Article

OQQOʻRGʻON