OQSAROY

OQSAROY — Toshkentdagi zamonaviy meʼmoriy inshoot; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorgohi. Binoning meʼmori A. Toxtayev. Oqsaroy Yugoslaviya (hoz. Serbiya va Chernogoriya)ning «Energoproyekt visokogradnya Xolding» kompaniyasi bilan xamkorliqda 6 oyda bunyod etilgan (1999). Mayd. 5460 kv. m. Qabulxona (tantanali kirish qismi) da mehmonlar qabul qilinib, oʻzaro muzo-karalar olib boriladi. Majlislar zali, dam olish va xizmatchilar xonalari hamda qoʻshimcha xonalar mavjud. Xonalar turlicha loyihalashtirilganiga qaramay, ixcham va bir-biri bilan hamohangdir. Oddiy geometrik shakllardan tashkil topgan bino tarzi juda hashamatli koʻrinadi. Peshtoqi mayda ravoqchali, ustunli, 2 qanoti galereyali, oʻrtasi rotonda shaklida. Oppoq kurkam va mahobatli koʻrinishga ega. Sathi katta oʻlchamdagi tosh boʻlaklari bilan qoplangan. Interyeri yuqori sifatli materiallar b-n jihozlangan. Qabulxonaning oq va zangori marmarli pol sathi yarqiragan baland shipi bilan uygʻunlashgan. Tabiiy qurilish materiallaridan mahorat bilan say-qallangan. Atrofi manzarali daraxt, gulzor va favvoralar bilan bezatilib, koʻkat chimlar yotqizilgan, shamchiroqlar oʻrnatilgan.

Prev Article

OQSAROY

Next Article

OQSIL KASALLIGI