OQSOQOLOTASOY

OQSOQOLOTASOYNavoiy vilo-yati Xatirchi tumanidagi soy. Krratogʻning jan. yon bagʻridan boshlanuvchi Qoramachitsoy va Gumassoylarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uz. 33 km, havzasining mayd. 20,6 km2. O. jan. va jan.-gʻarbga oqib, Polvonota qishlogʻi yaqinida Qahramon kanaliga quyiladi. Qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yilik suv sarfi 0,03m3/ sek., oqim moduli 1,7 l/sek, km2. Ir-moqlarining umumiy uz. 50 km, eng yirigi Labiarab (16 km). Bahorda sel keladi. Oqsoqolotasoydan Xatirchi tumanidagi xoʻjaliklar yerlari sugʻoriladi.

Prev Article

OQSICHQON

Next Article

OQSOQOTASOY