OQSOY — Samarqand viloyatidagi soy. Zarafshon tizmasidagi Qoratepa togʻining shim. yon bagʻridan boshlanib, shim.-sharqqa oqadi. Uz. 26 km, havzasining mayd. 25,6 km2. Bosh qismida Erikoʻl deb ataladi. Islomtepa yaqinida Qoradaryoga kuyiladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 0,31 m3/sek., oqim moduli 12 l/sek, km2. Suvning asosiy qismi erta bahorda oʻtadi. Bahor va yoz boshlarida soydan sel keladi. Oqsoy vodiysida yaylovlar bor.