OQTEPA GES

OQTEPA GES, Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Oqtepa gidroelektr stansiyasi — Oʻzbeki-stonda dastlabki qurilgan gidro-elektr stansiya. «Oʻzbekenergiya» davlat-aksiyadorlik kompaniyasining «Toshkent GESlari kaskadi» shoʻba korxo-nasi tarkibida. ChirchiqBoʻzsuv suv traktining oʻrta qismida joylashgan (Toshkent sh. da). 1935-y. 2-maydan qurila boshlagan. 2-jahon urushi boshlanishi bilan qurilish vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan. GES qurilishida Toshkent sh. ning aholisi hashar yoʻli bilan faol qatnashdi. Stan-siyada bitta 15 ming kVt li agregat oʻrnatilgan. Toshkent sh. va Toshkent viloyati isteʼmolchilariga elektr energiyasi yetkazib beradi.

Prev Article

OQTEPA

Next Article

OQTEPASOY