OQTEPA

OQTEPAAnov madaniyatigA oid makonlardan biri (mil. av. 5-ming yillik oxiri — 3-ming yillikning 2-yarmi). Ashxobod sh. dan 3,6 km jan.-gʻarbda joylashgan. Oqtepa dastlab bir urugʻning, keyinchalik yirik oila jamoasining qarorgohi va kichik oilaning qoʻrgʻoni boʻlgan. Keyingi davrlarga oid xom gʻishtdan ishlangan uy-joylar (4 xonali), xoʻjalik buyumlari uchun kichik hujralar xamda oila sajdagohi va b. to-pilgan. Oqtepada yashagan kishilar dehqonchilik, uzumchilik, chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Ular jez qurollar va sirli sopol idishlardan foydalanganlar.

Prev Article

OQSUV

Next Article

OQTEPA