OQTOʻBA

OQTOʻBAQozogʻiston Respublikasining Oqtoʻba viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Respublikaning shim,-garbida, Ilek daryosining (Ural tarmogʻi) chap soqilida, OrenburgToshkent t. y. yokasida. Avtomobil va havo yoʻllarining muhim tuguni. Aqolisi 253,1 ming kishi (1999). Shahar 1869-y. da Oqtoʻba (Oqtepa) qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1891-y. dan shahar. Qozogʻistonning yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Ferroqotishma va xrom birikmalari z-dlari, mashi-nasozlik (rentgen apparatlari va q. x. mashinasozligi z-dlari), yengil va oziq-ovqat sanoatlari korxonalari (goʻsht va sut k-tlari, tegir-mon, elevator, trikotaj, mebel va tikuvchilik f-kalari), «Aktyubinskkimyoplastmass» i. ch. birlashmasi bor. Qurilish materiallari ham ishlab chiqariladi. 3 oliy oʻquv yurti, teatr, 2 muzey mavjud.

Prev Article

OQTUMSHUQ BURNI

Next Article

OQTOʻQAY GʻORI