OQTOSH

OQTOSHNamangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi shaharcha (1974-y. dan). Yaqin t. y. stansiyasi — Toʻraqoʻr-gʻon. Aholisi 6 ming kishiga yaqin (2003). Oqtoshda paxta tozalash z-di, gugurt f-kasi, neft bazasi, tuman «Dehqonmashtaʼminot» aksiyadorlik jamiyati, MTP, qishloq qurilish konstruksiyalari k-ti, koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, «Agrokimyotaʼminot» aksiyadorlik jamiyati, gaz toʻldirish st-yasi, Sohilobod shirkat xoʻjaligi, tumanlararo ulgurji chakana savdo-i. ch. aksiyadorlik bazasi, 3 umumiy taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan internat litseyi, 2 qishloq vrachlik punkti bor.

Prev Article

OQTOV SERIYASI

Next Article

OQTOSH