OQTUMSHUQ BURNI

OQTUMSHUQ BURNIOrol dengizining gʻarbiy sohilida, Ustyurt platosining sharqida joylashgan burun. Oqtumshuq koʻtarilmalar zonasi Kassarma antiklinalining eng baland joyida tektonik, denudatsion va abrazion jarayonlar natijasida vujudga kelgan. Yuqori boʻr va eotsenning kulrang, oqsariq ohaktosh va gillaridan tashkil topgan. Dengizga ancha kirib borib, dengiz suvi yuzasidan tik koʻtarilgan. Yon bagʻirlarida surilma izlari saklangan. Yuzasida jarliklar va karst boʻshliklari bor. Iklimi keskin kontinental. Yilning oʻrtacha t-rasi 9,2°, yanv. niki —8, iyulniki 26°. Yillik yogʻin mikdori 100—122 mm. Tuprogʻi surqoʻngʻir, oʻsimligi siyrak; shuvoq, qirqboʻgʻin, kavrak va b. oʻsimliklar oʻsadi.

Prev Article

OQTOSH SANATORIYSI

Next Article

OQTOʻBA