OQUVCHANLIK

OQUVCHANLIK (mashinasozlikda) — materialga taʼsir etayotgan kuchning qiymati oshirilmagan holda uning deformatsiyalanishida (shaklini oʻzgartirishda) davom etishi, Oquvchanlik gazlar, suyuqliklar, plastik materiallarga xos xususiyat. O. har qaysi material uchun kuchlanishning maʼlum che-garasi (O. chegarasi)dahosil boʻladi. Gaz va suyuqliklar uchun Oquvchanlik har qanday kuchda, qattiq plastik materiallar uchun yuqori kuchlanishlarda namoyon boʻladi. Agar material Oquvchanlik xususiyatiga ega boʻlmasa, unga shartli Oquvchanlik chegarasi qoʻyiladi (bu namuna uzunligini 0,2% uzaytiradigan nagruzka vujudga keltiradigan kuchlanishga teng). Metallarni qizdirib xamda sovuklayin bosim bilan ishlashda Oquvchanlik xossasidan foydalaniladi.

Prev Article

OQTOʻQAY GʻORI

Next Article

OQURUGʻ