ORANJ

ORANJ (golland shahzodasi Oranskiy nomidan) — Jan. Afrikadagi daryo. Lesoto, JAR va Namibiya hududlaridan oqib oʻtadi. Uz. 1860 km, havzasining mayd. 1020 ming km2. Drakon togʻlarining gʻarbiy yon bagʻridan, 1360 m balandlikdan boshlanib, Baland Vend qurgʻoqchil zonasi va Kap platosidan oqib oʻtadi. Bu yerda daralar hosil qilgan. Atlantika okeaniga quyiladi. Kur-gʻoqchil joylardan oʻtgan qismida oʻzani yezda baʼzan qurib qoladi. Yuqori va oʻrta oqimida ostona va sharsharalar bor. Quyi qismi (97 km) tekislikdan oqadi. Yogʻingarchilik mavsumi (noyab. — mart)da daryo toʻlib oqadi. Yillik oʻrtacha suv sarfi 200 m3/sek. Suvi loyqa. Okeanga yiliga 15 km3 suv, 153 mln. t oqiziq keltiradi. Suv sarfi yildan-yilga oʻzgarib turadi. Daryodan sugʻorishda, shaharlarni suv bilan taʼminlashda foydalaniladi. Oranjda gidroenergetika inshootlari qurilgan.

Prev Article

ORANGUTANLAR

Next Article

ORANJEREYa