ORANJEREYa

ORANJEREYa (frans. orange — apelsin) — muayyan joy iklimining ochiq havosida rivojlana olmaydigan oʻsimliklarni oʻstirish va saqlash uchun moʻljallangan oynavand bino, unda zarur namlik, harorat va yorugʻlik sharoiti yaratiladi. Oʻzbekiston sharoitida koʻchatlar, sitrus, rezavor mevali oʻsimliklar, gullar va b. ni qishda oʻstirish uchun ham, koʻpincha, Oranjereyadan foydalaniladi.

Prev Article

ORANJ

Next Article

ORASLI