«ORBITA» — Yerdagi kosmik aloqa st-yalarining shartli nomi. Televideniyening oq-qora va rangli dasturlarini retranslyatsiya qilish uchun aloqa yoʻldoshlaridan foydalaniladi. Dastlab (1967-y.) sobiq SSSR Markaziy televideniyesining dasturlarini uzatish va retranslyatsiya qilish uchun kosmik aloqa tizimida detsimetrli toʻlqinlarda ishlaydigan «Molniya-1» sunʼiy yoʻldoshidan foydalanilgan. Hozir (2003-y.) ishlab turgan kosmik aloka tizimi «Molniya-O» nomi bilan yuritiladi. «Orbita» televizion dasturlarni translyatsiya qilish bilan birga bosh-qa xil informatsiyalarni ikki tomonlama uzatish va qabul qilish uchun ham xizmat qiladi. «Orbita»ning yerdagi markaziy st-ya tarmoklari orqali uzatilgan televizion signallarini «Molniya» aloqa yoʻldoshlari qabul qilib, kuchaytiradi va yana Yerga uzatadi. Yerda qabul qilingan signallar tutashtirish liniyalari boʻyicha mahalliy telemarkazlarga keladi, u yerdan efirga uzatiladi.