ORDOS

ORDOS — Xitoyning shim. qismidagi choʻlli plato. Xuanxe daryosining aylanib oqqan joyida. Mayd. 95 ming km2. O. ning janubiy qismi Lyossli platoga tutashgan. Koʻp qismining bal. 1100 — 1500 m, eng baland joyi 2535 m. Asosan, yura va boʻr davrining qumtoshlaridan tuzilgan. Yer yuzasi qir va botiqlardan iborat. Pastqam joylari shoʻr koʻl, shoʻrxok va botqokliklar b-n band. O. hududining yarmiga yaqinini shamolda qisman koʻchib yuruvchi qum tepaliklari egallagan. Iklimi keskin kontinental, moʻtadil iklim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 10°, iyulniki, 23°. Yillik yogʻin 100—400 mm. Landshaftining ak-sari qismi choʻl, chala choʻl va quruq dasht. Boshokli oʻt oʻsimliklari oʻsadi. Butazorlar bor. Aholisi koʻchmanchi chorvachilik bilan hayot kechiradi. Toshkoʻmir, neft, soda konlari topilgan.

Prev Article

ORDINATURA

Next Article

ORENBURG