OREGON

OREGON — AQSHning shim.-gʻarbiy qismidagi shtat. Tinch okean sohilida. Mayd. 251,4 ming km2. Aholisi 3,5 mln. kishi (2002), 70% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Seylem sh., iqtisodiy markazi va porti — Portlend sh. O. hududiga yevropaliklar 19-a. boshidan borib oʻrnashganlar. 1859-y. da Oregon shtat maqomini olgan. Oregonning gʻarbiy qismi togʻlik (eng baland joyi 3427 m), ichki qismi plato. Iklimi sohil qismida moʻtadil nam (yogʻin 2000mm), plato qismida quruq kontinental. Togʻ yon bagʻirlari igna bargli oʻrmon bilan qoplangan. Oregon — oʻrmon zaxirasi va yogʻoch tayyorlash boʻyicha AQSHda yetakchi oʻrinda. Kolumbiya daryosi va uning irmoklari gidroenergiya zaxirasiga boy. Sanoatining yetakchi tar-moklari: oʻrmon xoʻjaligi va yogʻochsozlik. Oziq-ovqat sanoati baliq, meva va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yirik GESlar, alyuminiy va nikel eritish z-dlari, metallsozlik va mashinasozlik korxonalari bor. Sohil qismi va daryo vodiylarida dehqonchilik va sut chorvachiligi rivojlangan. Ichki hududlarda yaylov chorvachiligi va sugʻorma deqqonchilik bilan shugʻullaniladi. Asosiy tovar ekinlari: bugʻdoy, arpa, kartoshka, yem-xashak oʻtlari.

Prev Article

ORDINATURA

Next Article

ORENBURG