ORENBURG ECHKI ZOTI

ORENBURG ECHKI ZOTItivit yoʻnalishidagi echki zoti. Orenburg echki zoti mahalliy ti-vitli echkilarni uzoq vaqt tanlab chatishtirish yoʻli bilan chiqarilgan. Tana tuzilishi baquvvat. Shoxlari uzun. Serkalari oʻrtacha 65—70 kg, urgochilari 45 — 47 kg keladi. Qirqib olinadigan jun chiqimi 0,3—0,4 kg. Juni tivit (35%, uz. 5—6 sm, ingichkaligi 14—16 mkm) va qil (65%, uz. 7—9 sm, ingichkaligi 80 — 90 mkm)dan iborat. Tiviti qoramtirkulrang. Oqranglisi kam uchraydi. Tarab olinadigan tivit chiqimi 0,2—0,3 kg dan 0,5 kg gacha. Tiviti butun dunyoga mashhur. Undan issiq Orenburg roʻmollari tayyorlanadi. Sogim davrida 90 — 120 kg sut beradi, yogʻliligi 4,8—5%. 100 ta ona echkidan 125 — 140 uloq olinadi. Bu echki Orenburg, Chelyabinsk viloyatlarida, Boshqirdistonda va Qozogʻistonning ayrim joylarida boqiladi.

Prev Article

ORENBURG VILOYATI

Next Article

OREXOVO-ZUYEVO