ORF

ORF (Orf) Karl (1895.10.7 – Myunxen — 1982.29.3) — nemis kompozitori, pedagog, dramaturg. Myunxendagi Musiqa sanʼati akademiyasida taʼlim olgan (1913—14). Bavariya sanʼat akademiyasi (1950), Rimdagi «Santa-Chechiliya» akademiyasi (1957) va b. akademi-yalar aʼzosi. Zalsburg (Avstriya) dagi xalqaro Musiqiy tarbiya in-ti (hoz. Orf in-ti) asoschisi va birinchi rahbarlaridan (1962-y. dan). Zamonaviy drama teatri, misteriya (Oʻrta asr diniy te-atri) shakllari, marionetkalar, teatri, karnaval va b. ning ifodaviy vositalaridan foydalanib, musiqali spektaklning yangi turlarini yaratgan (mas, «sahnaviy kantata», «sahnaviy konsert» va b.). «Karmina Burana» (1936), «Katulli karmina» (1942), «Afrodita triumfi» (1951), «Antigona» (1949), «Shoh Edip» (1959), «Pro-metey»(1967) va b. asarlari mashhur. Orf 1930-y. larda kashf etgan bolalar mu-siqiy tarbiya tizimi, shuningdek, bolalar uchun maxsus ishlab chiqqan mu-siqa cholgʻulari ( sozshunos K. Zaks hamda cholgʻular ustasi K. Mendler bilan birgalikda) koʻpgina mamlakatlarda keng joriy etilgan. Germaniya Millim mukofoti bilan takdirlangan (1979).